Jurnal haqida

“TSUL Legal Report” jurnali 2020-yilda tashkil etilgan.

Tili: ingliz tili

Davriyligi: bir yilda 4 marotaba.

E-ISSN raqami: 2181-1024

Veb-sayti: https://legalreport.tsul.uz/index.php/journal

Jurnal 2023-yil sentabr oyida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi. Ilmiy jurnal Amerika Qoʻshma Shtatlarining Crossref.org tizimiga kiritilgan va har bir maqolaga alohida DOI raqam beriladi. Jurnal Skopus bazasiga kiritiladigan jurnallar talablaridan kelib chiqib, har bir maqola matni tuzilishi annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, metodlar, natijalar, muhokama hamda xulosa kabi tarkibiy qismlarga bo‘lingan holda nashr qilinadi. Maqolada keltirilgan adabiyotlar tartibi APA usulida beriladi. Tahrir hay’ati tarkibi mahalliy va xorijlik ekspertlardan shakllantirilgan. Jurnalda  maqolalarni antiplagiat boʻyicha Turnitin dasturidan oʻtkazish, yagona talab asosida anonim ekspertiza (double-blind peer review)dan oʻtkazish kabilar joriy qilingan. Maqolalar yagona elektron platforma – https://e-researcher.uz/ orqali qabul qilinadi.

Mazkur jurnalda 2022-yilda davriyligi boʻyicha 4 ta sonda 18 ta maqola nashr etildi.
          2023-yilda davriyligi boʻyicha 4 ta sonda 11 ta maqola nashr etildi.

2024-yilda davriyligi boʻyicha 4 ta sonda 15 ta maqola nashr etildi.

2025-yilda davriyligi boʻyicha 3 ta sonda 14 ta maqola nashr etildi.